“ODAMIYLIK” TUSHUNCHASINING ZAMONAVIY KONTEKSTDA TRANSFORMATSIYASI
Abstract
Mazkur maqolada “odamiylik” tushunchasining tarixiy-falsafiy ildizlari, xususan, Alisher Navoiy tafakkuridagi talqini va uning zamonaviy kontekstdagi oʻzgarishlari tahlil qilinadi. Alisher Navoiy asarlarida “odamiylik” insonning maʼnaviy barkamolligi, halolligi, rahmdilligi va jamiyat oldidagi masʼuliyatini ifodalovchi asosiy axloqiy meʼyor sifatida qaraladi. Bugungi globallashuv, texnologik taraqqiyot va individualizm kuchaygan davrda esa, bu tushuncha yangicha ijtimoiy, axloqiy va madaniy talqinlarga ega boʻlmoqda. Tadqiqotda Navoiy merosi asosida odamiylikning abadiy qadriyat sifatida saqlanib qolish yoʻllari, shuningdek, uni yosh avlod ongiga singdirishning dolzarb pedagogik va tarbiyaviy mexanizmlari muhokama qilinadi. Maqola, shuningdek, madaniy meros va zamonaviy ijtimoiy ong oʻrtasidagi uzviylikni yoritishga xizmat qiladi.
Not yet translated