EKOLOGIK TAFAKKUR VA YASHIL IQTISODIYOT – UCHINCHI UCHINCHI RENESSANSNING YANGI FALSAFIY PARADIGMASI SIFATIDA
ABI
Abstract
Ushbu maqolada Uchinchi Renessans davrining falsafiy mazmuni va uning ekologik tafakkur shakllanishidagi oʼrni tahlil qilinadi. Tadqiqotda inson va tabiat oʻrtasidagi uygʻunlikni tiklash, ekologik masʼuliyatni oshirish hamda yashil iqtisodiyot konsepsiyasini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan asoslash masalalari yoritilgan. Yashil iqtisodiyot modeli Uchinchi Renessans davrining asosiy tamoyillaridan biri sifatida, barqaror rivojlanish, maʼnaviy uygʻonish va ekologik tafakkur uygʻunligini ifodalaydi. Maqola falsafiy, ekologik va ijtimoiy fanlar tutashgan nuqtada insoniyat tafakkurining yangi paradigmasi ekologik ongning shakllanishini tahlil qiladi.
Not yet translated
Topics
Identifiers
Citations and references
Cited by 00 references