Skip to main content
Article

OLIY TA'LIM MUASSASASIDA JISMONIY TARBIYA FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

G. R. MuratovaQo'qon davlat universiteti dotsenti
CyberLeninK (CyberLeninka)repository2025uz
ABI

Abstract

mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda interaktiv metodlar, raqamli ta’lim platformalari, multimediya vositalari va mobil ilovalar yordamida talabalarning o‘quv jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini individual yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, mustaqil o‘rganish va refleksiya imkoniyatlari bilan boyitishi ta’kidlanadi. Shuningdek, innovatsion texnologiyalarni joriy etishning samaradorligi bo‘yicha ilmiy manbalar tahlili, o‘qituvchi va talabalar tajribasi asosida xulosalar keltiriladi. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogik yondashuvlar jismoniy tarbiya darslarining sifatini oshirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references