"IKKI ESHIK ORASI" ROMANIDA AYOL OBRAZLARI TALQINI
Abstract
Mazkur maqolada O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romani tahlil qilinib, unda Ikkinchi jahon urushi yillaridagi ijtimoiy hayot, inson ruhiyati va o‘zbek ayolining ma’naviy qiyofasi yoritiladi. Asarda Robiya, Ra’no, Zuhra kelin kabi ayol obrazlari orqali xalqning sabr-toqati, matonati, nomus va vijdon tuyg‘ulari ifodalangan. Adib “hayot – tug‘ilish va o‘lim orasidagi masofa” degan falsafiy g‘oyani ilgari surgan holda, bu masofani insoniylik, muhabbat va fidoyilik bilan to‘ldirish zarurligini ta’kidlaydi. Romanda urushning og‘ir oqibatlari, inson orzu-umidlarining sinovdan o‘tishi va ayniqsa, ayol qalbining buyuk kuchi badiiy mahorat bilan tasvirlangan. Robiya obrazi o‘zbek ayolining ma’naviy qudrati, g‘ururi va hayotga bo‘lgan sobit e’tiqodining yorqin timsoli sifatida talqin etiladi.
Not yet translated