YALPI ICHKI MAHSULOT DINAMIKASIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI TAHLIL QILISH: EMPIRIK TAHLIL
Abstract
Ushbu tadqiqotda O’zbekiston iqtisodiyotining o’sishiga ta’sir ko’rsatuvchi turli makroiqtisodiy ko’rsatkichlar hamda ularning Yalpi ichki mahsulot (YaIM) bilan o’zaro bog’liqligi o’rganilgan. Empirik tahlil davomida asosiy omillar sifatida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar (FDI), qurilish ishlari hajmi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari umumiy hajmi, tug’ilishlar soni, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlar va transport xizmatlari hajmi kabi ko’rsatkichlarning YaIM dinamikasiga ta’siri aniqlanib, ularning iqtisodiy o’sishdagi o’rni miqdoriy jihatdan baholangan. Statistik va ekonometrik uslublar asosida o’zgaruvchilar o’rtasidagi korrelyatsiya kuchi hamda yo’nalishi tahlil qilinib, har bir omilning iqtisodiy o’sishga qo’shgan hissasi aniqlangan. Tadqiqot natijalari siyosat ishlab chiquvchilar uchun barqaror iqtisodiy rivojlanish va YaIMning izchil o’sishini ta’minlash bo’yicha samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim amaliy ahamiyatga ega.
Not yet translated