Skip to main content
Article

QISHLOQ XOʻJALIGIDA MEHNAT (MARDIKORLAR) BOZORIDAGI ISHTIROKCHILARNI MINIMALLASHTIRISHNING ISTIQBOLDAGI PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI

ABI

Abstract

Mazkur ilmiy ishda qishloq xo‘jaligi mehnat bozorida mardikorlikka chiqish ko‘lamini kamaytirish va bandlik darajasini oshirishga qaratilgan prognoz tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi mehnat resurslari balansi asosida 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun dinamik o‘zgarishlar statistik usullar, xususan “Probit” va trend modellari yordamida tahlil qilingan. Natijalar Samarqand viloyatida iqtisodiy faol aholining ozgina oshishi, rasmiy sektor bandligining qisqarishi, biroq norasmiy sektor va tashqi mehnat migratsiyasi ortishini ko‘rsatdi. Ishsizlik darajasining 8,1 foizdan 6,8 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Tadqiqotda STATA dasturi asosida prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan va mehnat resurslarining samarali taqsimlanish yo‘nalishlari aniqlangan. Olingan natijalar qishloq hududlarida mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hamda mardikorlikni kamaytirish siyosatini shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references