Skip to main content
Article

KOMPYUTER KO'RISH TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA QISHLOQ XO'JALIGIDA HOSILNI MONITORING QILISH

Mulaydinov Farxod MurotovichQo'qon universiteti Registrator ofisi boshlig'i muoviniUsmonov Muhammadabdulla Qaxramon o'g'li
ABI

Abstract

Ushbu maqolada kompyuter ko‘rish texnologiyalarining qishloq xo‘jaligida, xususan, hosilni monitoring qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan. An’anaviy kuzatuv va nazorat usullari bilan solishtirganda, sun’iy intellekt va tasvirni qayta ishlash metodlari asosida yaratilgan tizimlar tezkorlik, aniqlik va mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqotda OpenCV kutubxonasi asosida ishlab chiqilgan kompyuter ko‘rish algoritmlari yordamida daladagi o‘simliklarning holati, o‘sish darajasi hamda hosildorlikka ta’sir etuvchi omillar aniqlangan. Shuningdek, rang, shakl va tuzilishga asoslangan tasvir tahlili orqali zararli hasharotlar va kasalliklar mavjudligi aniqlanib, ularga qarshi choralar ishlab chiqish imkoni tahlil etildi. Tadqiqot natijalari, ushbu texnologiyaning kelajakda agrosanoat sohasida keng qo‘llanish salohiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu maqola, sun’iy intellekt texnologiyalarini agrosanoatda qo‘llash bo‘yicha ilmiy-amaliy asos yaratishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references