RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA ILG'OR BOSHQARUV TIZIMLARINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
Abstract
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ilg‘or boshqaruv tizimlarining rivojlanish tendensiyalari tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya jarayonlari natijasida tashkilotlarda boshqaruv mexanizmlarini modernizatsiya qilish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etish hamda sun’iy intellekt, “Big Data” va bulutli texnologiyalar asosida qaror qabul qilish samaradorligini oshirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, ilg‘or boshqaruv tizimlarining raqamli iqtisodiyotga ta’siri, ularning innovatsion rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi va korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Tadqiqotda boshqaruv tizimlarining raqamli asr talablariga moslashuvi, ularning barqaror rivojlanishdagi roli hamda inson resurslari boshqaruvi va ma’lumotlarga asoslangan qaror qabul qilish jarayonlariga ta’siri tahlil qilingan. Natijada, raqamli iqtisodiyot sharoitida ilg‘or boshqaruv tizimlarini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan omillar, yo‘nalishlar va istiqbollar aniqlangan.
Not yet translated