Skip to main content
Article

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIDA ILG'OR BOSHQARUV USULLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI TAHLIL QILISH

Zoirov O'lmas Erkin o'g'liNordic International University
ABI

Abstract

Mazkur maqolada raqamli transformatsiya jarayonida ilg‘or boshqaruv usullarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Raqamli texnologiyalarni joriy etish korxona boshqaruvi tizimida yangicha yondashuvlarni talab etib, ishlab chiqarish jarayonlari, resurslardan foydalanish va strategik qaror qabul qilish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadqiqotda ilg‘or boshqaruv usullari — raqamli tahlil, sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan monitoring va bulutli texnologiyalar asosidagi boshqaruv tizimlarining amaliy natijalari o‘rganilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonining iqtisodiy samaradorligini baholash mezonlari ishlab chiqilib, ularning foyda, xarajat va ishlab chiqarish unumdorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada shuningdek, ilg‘or boshqaruv usullarining raqamli iqtisodiyotda korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni, inson resurslarini optimallashtirishdagi roli hamda innovatsion boshqaruv strategiyalarining ishlab chiqilishiga qo‘shgan hissasi tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari asosida raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur tashkiliy, texnologik va iqtisodiy shart-sharoitlar aniqlanib, boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Natijada ilg‘or boshqaruv yondashuvlari raqamli iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hamda strategik qarorlar sifatini yaxshilashda asosiy omil sifatida namoyon bo‘lishi ta’kidlanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references