ROSTLANUVCHAN REAKTIV QUVVAT MANBALARINI JORIY ETISHNING TEXNIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Abstract
Ushbu maqola energetika tizimlarida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, quvvat yo‘qotishlarini kamaytirish va kuchlanish barqarorligini ta’minlashda rostlanuvchan reaktiv quvvat manbalarining (RRQM) texnik samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda nazariy tahlil, matematik modellashtirish, hisoblash tajribalari va MATLAB/Simulink muhitida simulyatsiya usullari qo‘llanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, RRQM tizimlari joriy etilgandan so‘ng kuchlanish barqarorligi 2,5–3 baravar yaxshilandi, quvvat koeffitsienti 0,78 dan 0,95 gacha oshdi, aktiv quvvat yo‘qotishlari o‘rtacha 10% kamaydi va tizim samaradorligi 5,4% ga oshdi. Tadqiqot shuningdek, SVC, STATCOM va sinxron kompensatorlar kabi zamonaviy reaktiv quvvat boshqaruv tizimlarining energiya tejamkorligi va tarmoq barqarorligiga ta’sirini ham tahlil qiladi.
Not yet translated