Skip to main content
Article

TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIMINI TASHKIL ETISH USULLARI

Kurbanov, MirzaahmadOʻzbekiston Milliy universiteti professoriIbadullayev, Samandarbek Baxtiyor o'g'liOʻzbekiston Milliy Universiteti 1-kurs Magistranti
ABI

Abstract

Ushbu maqolada talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali tashkil etish usullari va ularning o‘quv jarayonidagi ahamiyati yoritilgan. Mustaqil ta’lim talabalarning o‘z bilimlarini mustaqil ravishda egallash, ijodiy fikrlash va tahliliy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada mustaqil ta’limni tashkil etishda motivatsiya, vaqtni boshqarish, metodik ko‘rsatmalar va texnologik vositalardan foydalanishning o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, mustaqil o‘rganish samaradorligini oshirish uchun muammoli o‘qitish, loyihaviy ishlar va elektron ta’lim platformalaridan foydalanish bo‘yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqot natijalari talabalarda mustaqil o‘qish malakasini rivojlantirish, o‘z-o‘zini nazorat qilish va bilimni amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatini kengaytiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references