Skip to main content
Article

QORAQALPOG'ISTONDA TURKMAN MILLIY MADANIY MARKAZINING MADANIY MEROSNI SAQLASH VA MILLIY O'ZLIKNI ANGLASHDAGI FAOLIYATI

Opaev BaymuratO'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, Nukus shahri. Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ABI

Abstract

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng milliy madaniyat va qadriyatlarni tiklash, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada milliy madaniy markazlarning faoliyati alohida ahamiyatga ega. Xususan, Turkman milliy madaniy markazining madaniy merosni saqlash va milliy o‘zlikni anglashdagi roli beqiyosdir. Bugungi globallashuv davrida milliy o‘zlikni saqlash, madaniy merosni o‘rganish va ommalashtirish masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Turkman milliy madaniy markazi bu borada faol ish olib borib, turkman xalqining boy madaniy merosini saqlash, uni kelajak avlodlarga yetkazish va milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida yurtimizda millatlararo totuvlikni mustahkamlash, millatlarning tili, madaniyati, urf-odat, an’analarini saqlash va rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Bu yo‘nalishda turli milliy madaniy markazlarning faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references