AGRAR SEKTORNI OPTIMAL RIVOJLANTIRISHNING XAVFSIZLIK DARAJASI MEZONLARI VA KO'RSATKICHLARI
Abstract
Ushbu maqolada agrar sektorni optimal rivojlantirish jarayonida xavfsizlik darajasini baholovchi mezonlar va ko‘rsatkichlar tizimi ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqotda agrar tarmoqning iqtisodiy barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, resurslardan samarali foydalanish darajasi hamda ekologik muvozanatni ta’minlashga oid indikatorlarning kompleks bahosi yoritilgan. Maqolada iqtisodiy xavfsizlik, oziq-ovqat mustaqilligi, investitsion faollik, ishlab chiqarish samaradorligi, demografik yuklama va agrar bozor barqarorligi kabi mezonlar asosida tarmoqning xavfsizlik darajasi qayd etiladi. Shuningdek, yer va suv resurslari holati, mahsulot narxlarining o‘zgaruvchanligi, agrar klasterlarning faoliyati, texnologik yangilanish va ishlab chiqarish risklari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarning integrallashgan tahlili amalga oshiriladi.
Not yet translated