Skip to main content
Article

KASBIY TA'LIM TASHKILOTLARIDA OʻQUVCHI YOSHLAR OʻRTASIDA TARBIYAVIY FANLARNING AHAMIYATI

ABI

Abstract

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularning ma’naviy axloqiy tarbiyasi, milliy oʻzligimiz va qadriyatlarimiz asosida shakllanishi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Bizni hamisha oʻylantirib keladigan muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir soʻz bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan oʻzgaryapti. Bu oʻzgarishlarni hammadan ham koʻproq his etadigan kim – yoshlar. Yoshlar oʻz davrining talablari bilan uyg‘un boʻlsin. Lekin ayni paytda oʻzligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, oʻzligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”. Shu boisdan ham, yosh avlodni barkamol inson etib tarbiyalash, ularning qalbida vatanparvarlik, milliy g‘urur, madaniy merosga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish – biz pedagoglar zimmasidagi eng sharafli va mas’uliyatli vazifadir.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references