PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING MA'MURIY HUDUDIDA KRIMINOGEN VAZIYATGA TA'SIR ETUVCHI OMILLARNI BARTARAF ETISH BOʻYICHA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI CHORA TADBIRLARINI TAKOMILLASHTIRISH FAOLIYATI
Abstract
Zamonaviy sharoitda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, ayniqsa mahalla darajasida ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning markazida profilaktika inspektorlari turadi. Ular o‘zlariga biriktirilgan ma’muriy hududdagi kriminogen vaziyatni o‘rganish, tahlil qilish va jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradilar. Huquqbuzarliklarning profilaktikasi faqatgina jinoyat sodir etilganidan so‘ng chora ko‘rish bilan emas, balki uning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy, psixologik va huquqiy mexanizmlarni ishga solish orqali amalga oshiriladi. Shu nuqtayi nazardan, profilaktika inspektorining faoliyati nafaqat huquqni muhofaza qilish, balki mahalliy aholini ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash, fuqarolik ongini mustahkamlash va jamiyatda qonun ustuvorligini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Not yet translated