Skip to main content
Article

O'TKIR OBSTRUKTIV YIRINGLI XOLANGIT BILAN OG'RIGAN BEMORDA CLOSTRIDIUM PERFRINGENS VA ESCHERICHIA COLI BAKTERIEMIYASI

ABI

Abstract

Sog‘lom odamda normal sharoitda o‘t steril bo‘ladi, ammo u mikroblar bilan ifloslanganda 70-80% xolatda E.coli, Enterococcus, kamroq esa K.pneumoniae, Enterobacter, shu bilan birgalikda Salmonella lar xam uchrashi mumkin. Anaerob mikroorganizmlardan Clostridium perfringens, o‘t-tosh kasalligining 10-20% da esa Peptococcaceae vakillari uchraydi. Ba’zi hollarda esa aralash aerob va anaerob infeksiyalar xam uchraydi. Clostridium perfringens 15-20 dan ortiq turli xil toksinlar ishlab chiqarish orqali sepsisga olib kelishi mumkin, shu jumladan α-toksin bu esa gemoliz (qon hujayralarining parchalanishi)ga olib keladi va juda og‘ir oqibatga olib keladi. Clostridium perfringens hayvonlarda nekrotik enterit va travmatik gangrenaning asosiy sababi hisoblanadi. Ayrim holatlarda ushbu bakteriya o‘t yo‘llarining infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda keskin gazli xoletsistit (emfizematoz xoletsistit) ga sabab bo‘lishi mumkin. Biroq C. perfringens bakteriyasining boshqa aerob bakteriyalar (masalan, E. coli) bilan birgalikda qon orqali tarqalishi natijasida yuzaga keladigan miks infeksiyasi juda kam uchraydi va ko‘pincha og‘ir oqibatlarda yakun topadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references