Skip to main content
AkademIndex

Products

For developers

AkademBasesoonOpen API for the ecosystem
Latin
Article

REVMATOLOGIYADA ANTI-SIKLIK SITRULINLANGAN PEPTID (ASSP) VA REVMATIK FAKTOR(RF) KO'RSATGICHLARINING DIFFERENSIAL DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Soliyev, Muhammadqodir Abdugaffor o'g'liUniversity of Business and Science Tibbiyot kafedrasi o'qituvchisiTo'raxo'jayev, Bobur HamidovichUniversity of Business and Science Tibbiyot kafedrasi o'qituvchisiMirabdullayev, Ibrohim AxmadjonovichUniversity of Business and Science Tibbiyot kafedrasi o'qituvchisiInomov, Qodirxon SaidmamatovichUniversity of Business and Science Tibbiyot kafedrasi o'qituvchisiAbduraxmanov, Hamidullo Nuritdin o'g'liUniversity of Business and Science Tibbiyot kafedrasi o'qituvchisi
ABI

Abstract

Revmatoid artrit (RA) — autoimmun genezli, surunkali-progressiv kechuvchi tizimli kasallik bo‘lib, sinovial to‘qimalarda yallig‘lanish, pannus hosil bo‘lishi va natijada bo‘g‘im xaftagasi hamda suyak strukturalarining destruksiyasi bilan xarakterlanadi. Kasallik global populyatsiyaning 0,5–1% ini qamrab oladi, ayollarda erkaklarga nisbatan 2,5–3 baravar ko‘p uchraydi. RA ning kechishi uzoq muddatli mehnat qobiliyatini yo‘qotish, nogironlik va yuqori iqtisodiy xarajatlarga olib kelishi tufayli sog‘liqni saqlash tizimi uchun jiddiy dolzarb muammo hisoblanadi . Erta diagnostika RA ni samarali boshqarishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Klinik jihatdan dastlabki belgilarning noaniqligi, shuningdek, boshqa yallig‘lanishli bo‘g‘im kasalliklari bilan klinik o‘xshashlik tashxis qo‘yishni murakkablashtiradi. Shuning uchun laborator va immunologik markerlardan foydalanish, ayniqsa, erta bosqichlarda tashxisning aniqligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references
Metrics — AkademScholar · Coming soon