Skip to main content
Article

MAKTAB – OILA HAMKORLIGI: ZAMONAVIY TA'LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR

ABI

Abstract

Ushbu maqolada maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikning zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni hamda uning pedagogik jihatdan innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilishi tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchi shaxsining har tomonlama rivojlanishi, uning mustaqil fikrlashi va ijtimoiy faol pozitsiyasini shakllantirishda oila va maktab o‘rtasidagi uzviy hamkorlik muhim omil sanaladi. Maktab – oila aloqalarini yangi pedagogik texnologiyalar, raqamli platformalar, onlayn muloqot vositalari hamda interaktiv pedagogik yondashuvlar orqali takomillashtirish zamonaviy ta’lim talablariga mos ravishda o‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlaydi. Maqolada ota-onalar bilan ishlashda innovatsion metodlardan, masalan, “ota-onalar qo‘mitalari”, “pedagogik maslahat kunlari” kabi amaliy shakllardan foydalanishning samaradorligi asoslab beriladi. Shuningdek, o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, hamkorlik madaniyati va pedagogik sheriklik tamoyillari ta’lim sifatini oshirishda hal qiluvchi omil sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar asosida yo‘lga qo‘yilgan maktab-oila hamkorligi nafaqat ta’lim samaradorligini, balki o‘quvchilarning ijtimoiy faolligi, kommunikativ ko‘nikmalari va tarbiyaviy madaniyatini ham sezilarli darajada rivojlantiradi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references