KARL POPPER DEBAT MODELI ASOSIDA TRANSFORMATIV O'QISH ORQALI O'QUVCHILARNING KOGNITIV-ANALITIK FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH (Prezident maktablari tajribasi asosida)
Abstract
Mazkur maqolada Prezident maktablarida ingliz tili fanini o‘qitish jarayonida transformativ o‘qish yondashuvi hamda Karl Popper debat modeli orqali o‘quvchilarning kognitiv-analitik fikrlashini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda Bloom taksonomiyasi, ochiq savollar (open-ended questioning) va real hayotiy STЕM integratsiyasi asosida o‘quvchilarning mustaqil, tanqidiy va ijodiy fikrlashini qo‘llab-quvvatlash metodlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Karl Popper debat modeli o‘quvchilarning argument yaratish, dalillarni himoya qilish, muloqot va bahs madaniyatini shakllantirishdagi samaradorligini namoyon etadi. Tadqiqot Termiz shahridagi Prezident maktabida olib borilgan piloting tajribasiga tayangan holda o‘tkazilgan bo‘lib, natijalarda transformativ o‘qish va debat metodlarining o‘quvchilarda yuqori darajadagi tahliliy tafakkurni shakllantirishdagi ijobiy ta’siri asoslab berilgan.
Not yet translated