Skip to main content
Article

O'ZBEKISTON JANUBIDA SABZAVOT LOVIYASINI ASOSIY VA TAKRORIY EKIN SIFATIDA MAQBUL EKISH MUDDATLARI, EKISH SXEMALARI VA URUG' MAHSULDORLIGINI OSHIRISH YO'LLARINI ANIQLASH

Yo'ldoshev, Ma'rufjonTDMAU, tayanch doktorantiAramov, MuzaffarTDMAU, professori, q.x.f.d
ABI

Abstract

Ushbu maqolada sabzavot loviyasining (Phaseolus vulgaris L.) O‘zbekiston janubiy mintaqasi sharoitida asosiy va takroriy ekin sifatida ekish muddatlari, ekish sxemalari hamda urug‘ mahsuldorligini oshirish yo‘llari o‘rganilgan. Tajribalar 2025-yilda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo ilmiy tajriba stansiyasida o‘tkazilgan. Tadqiqotlar 3-, 4- va 5-tajribalardan iborat bo‘lib, bahorgi ekish muddatlari, ekish sxemalari va urug‘ uchun ekin zichligining ta’siri o‘rganilgan. Natijalar sabzavot loviyasining eng maqbul ekish muddatlari 1-aprel va 60×10/2 sm ekish sxemasi bo‘lganda o‘simliklarning rivojlanishi va hosildorlik yuqori bo‘lishini ko‘rsatdi. Urug‘ uchun esa 60×10 sm sxema eng yuqori urug‘ hosildorligini ta’minladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references