UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISHNING MILLIY VA XALQARO YONDASHUVLARI
Abstract
Uzluksiz kasbiy rivojlanish zamonaviy mehnat bozorining ajralmas qismiga aylangan. Bu tizimning samarali faoliyat yuritishi har bir soha xodimlarining bilim va malakasini zamon talablari asosida yangilash, professional salohiyatini oshirish, kasbga boʻlgan munosabatini shakllantirish hamda sohadagi ilg‘or inson resurslaridan samarali foydalanishga ko‘maklashadi. Ilm va taraqqiyot yo‘lida harorati yuqori kundalik o‘zgarishlar sharoitida, kasbiy rivojlanishni uzoq yillar davomida uzliksiz davom ettirish har bir mutaxassis uchun muhim hisoblanadi. Bugungi kunda milliy va xalqaro miqyosda uzluksiz kasbiy rivojlanishga oid yondashuvlar yangilanishi, modernizatsiya qilinishi talab qilinmoqda. Mazkur tizimni modernizatsiya qilish jarayonida mavjud tajribalar, o‘zgaruvchan talab va takliflar, texnologik yangiliklar, shuningdek, ta’lim tizimidagi konstruktiv yondashuvlar asosiy omillar sifatida maydonga chiqmoqda.
Not yet translated