MAKTABLARDA BOLALAR XAVFSIZLIGI VA FAROVONLIGINING BILIM OLISHGA IJOBIY TA'SIRI
Abstract
Ushbu maqola maktablarda bolalar xavfsizligi va farovonligini ta'minlashning ularning bilim olish natijalari, ijtimoiy-emotsional rivojlanishi hamda maktabga boʻlgan munosabatiga ta'sirini chuqur oʻrganadi. Tadqiqot doirasida jismoniy xavfsizlik, psixologik qoʻllab-quvvatlash, sogʻlomlashtirish choralari, oʻquvchilar fikri va ularning maktab hayotida ishtiroki, shuningdek ota-ona–maktab hamkorligining ahamiyati tahlil qilinadi. Xalqaro ilmiy tadqiqotlar, nevrologik yondashuvlar va ta'lim sifatini baholash boʻyicha global tajribalar oʻquvchilarning xavfsiz va qulay muhitda oʻqiganda ularning diqqat, xotira, motivatsiya va oʻzlashtirish darajalari sezilarli oshishini koʻrsatadi. Shu bilan birga, maqolada Oʻzbekiston maktablarida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa Termiz shahridagi Prezident maktabining bolalarni himoya qilish, farovonlikni monitoring qilish va oʻquvchilar ovozini qadrlash boʻyicha ilgʻor amaliyotlari oʻrganilgan. Ushbu tadqiqot umumiy ta'lim muassasalarida xavfsizlik va farovonlikni ta'minlashning samarali strategiyalarini taklif qilib, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan kompleks yondashuvni ilgari suradi.
Not yet translated