OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA IQTISODIYOT FANINI O'QITISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH METODIKASI
Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot fanini o‘qitish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini integratsiya qilishning metodik asoslari yoritiladi. Tadqiqotda AI vositalarining ta’lim samaradorligini oshirish, talabalarning analitik fikrlashini rivojlantirish hamda individual ta’lim trayektoriyalarini yaratishdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, prognozlash va katta ma’lumotlarni qayta ishlashda sun’iy intellektning afzalliklari o‘quv jarayoni misolida ko‘rsatib beriladi. Maqolada o‘qituvchilar uchun amaliy metodik tavsiyalar, AI asosidagi interaktiv platformalardan foydalanish yo‘llari hamda iqtisodiyot faniga xos raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari AI texnologiyalarining oliy ta’limda iqtisodiyatni o‘qitish sifati va mazmunini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Not yet translated