O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TA'LIM TIZIMI BOSHQARUVINING MOLIYAVIY SAMARADORLIGI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida 2018–2025-yillar davomida ta’lim tizimini boshqarishda moliyaviy resurslar taqsimotining rolini aniqlash, ta’limga ajratilgan budjet mablag‘larining tarkibi va o‘sish dinamikasini baholash hamda ushbu resurslardan foydalanishning boshqaruv samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan.Tadqiqot Musgrave funksiyalari, Vagner qonuni, endogen o‘sish nazariyasi va inson kapitali yondashuvlari asosida olib borilgan bo‘lib, ta’lim xarajatlarining iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasi tizimli ravishda yoritiladi. Empirik ma’lumotlar davlat budjeti va ijtimoiy soha xarajatlarining izchil o‘sib borayotganini, ta’lim xarajatlarining esa umumiy budjetda ustuvor o‘rin egallayotganini ko‘rsatadi. Tahlil natijalari ta’limni moliyalashtirish davlatning inson kapitaliga asoslangan rivojlanish strategiyasida muhim omil ekanini tasdiqlaydi. Xulosa sifatida ta’lim xarajatlarining natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv tizimiga o‘tishi, moliyalashtirish samaradorligini baholash hamda raqamli va innovatsion ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Not yet translated