Skip to main content
Article

"TEMUR TUZUKLARI"NING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIDAGI AHAMIYATI VA ILG'OR XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINI QO'LLASH

ABI

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada Amir Temurning “Temur tuzuklari” asarida bayon etilgan davlat boshqaruvi, adolat, intizom va jamoaviy tartib tamoyillarining huquqbuzarliklar profilaktikasidagi o‘rni hamda ularning zamonaviy huquqiy davlat qurilishi jarayonidagi dolzarbligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda Temur tuzuklarida ilgari surilgan adolatning ustuvorligi, mansabdor shaxslarning javobgarligi, kichik tartib buzilishlarini erta bartaraf etish, ma’naviy tarbiya va jamoatchilik ishtiroki kabi prinsiplarga ilmiy yondashuvlar bayon etiladi. Shuningdek, Yaponiyada samarali jamoatchilik-politsiya hamkorligi, Germaniyada “nol’ tolerantlik” siyosati, Singapurda korrupsiyaga qarshi qat’iy kurash, Buyuk Britaniya va Janubiy Koreyada raqamli profilaktika va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar ko‘rib chiqiladi. Mazkur tajribalar Temur tuzuklaridagi tamoyillar bilan qiyoslab o‘rganiladi va ularni O‘zbekistonning huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimiga integratsiya qilish imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqot natijalari Temur tuzuklari nafaqat tarixiy manba, balki zamonaviy huquqiy siyosatni takomillashtirishda nazariy-metodik asos vazifasini bajarishi mumkinligini ko‘rsatadi. Annotation. This article examines the significance of Temur’s Codes (Temur Tuzuklari) in the prevention of legal violations and explores their relevance to contemporary crime-prevention strategies. The study analyzes the fundamental principles outlined by Amir Temur—justice, strict discipline, accountability of state officials, early prevention of minor offenses, moral upbringing, and strong public participation—as essential components of a historical yet advanced system of social and legal regulation. Special attention is given to the correlation between these principles and modern concepts of the rule of law, good governance, anti-corruption policy, and community-based crime prevention.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references