Skip to main content
Article

FUNKSIONAL KO'PKURASHDA ORGANIZMNING FUNKSIYAVIY HOLATINI YAXSHILASHGA DOIR MASHQLAR MAJMUI

Almuradova RohatoyO'zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi letyenanti,
ABI

Abstract

Ushbu maqolada funksional ko‘pkurash mashg‘ulotlarining inson organizmining funksional holatini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda jismoniy mashqlar majmuasi orqali yurak-qon tomir, nafas olish, mushak va asab tizimlarining faoliyatini yaxshilash yo‘llari tahlil qilingan. Funksional ko‘pkurash mashqlari tananing umumiy chidamliligi, tezkorligi, muvofiqligi va kuchini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ularni muntazam bajarish organizmning ish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Maqolada mashg‘ulotlarning tuzilishi – tayyorlov, asosiy va yakunlovchi qismlar bo‘yicha mashqlar majmui keltirilib, ularning fiziologik ta’siri asoslab berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, funksional ko‘pkurash mashqlari inson sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tayyorgarlikni yaxshilashda samarali vosita hisoblanadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references