Skip to main content
Article

TABIIY FAN DARSLARIDA O'QUVCHI SHAXSIGA YO'NALTIRILGAN TA'LIM MUHITINI YARATISH

ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti mazmuni, uning zamonaviy ta’limdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Avvalo, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim muhiti tushunchasi, uning an’anaviy yondashuvdan farqli jihatlari hamda shaxsiy rivojlanish, hamkorlik va mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi o‘rni izohlanadi. Shuningdek, HPL (Highly Performing Learning) va STAR Legacy modellari asosida darsni tashkil etish usullari tahlil qilinib, ularning o‘quvchilarda chuqur bilim olish, refleksiya qilish va real hayotiy vaziyatlarga moslashish imkoniyatlarini kengaytirishi ko‘rsatib o‘tiladi. Bundan tashqari, o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida “SWOT” tahlili va “FSMU” metodining qo‘llanishi, ularning o‘quvchilarda mustaqil qaror qabul qilish, kuchli va zaif tomonlarini baholash, imkoniyat va xatarlarni aniqlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi amaliy ahamiyati ochib beriladi. Ushbu metodlar orqali ta’lim jarayonida o‘quvchilar nafaqat bilimlarni o‘zlashtiradi, balki o‘zini o‘zi rivojlantirishga, tanqidiy va ijodiy fikrlashga yo‘naltiriladi. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan o‘rganish muhitini yaratish ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi, shaxsiy rivojlanish uchun qulay sharoit yaratadi va o‘quvchilarni XXI asr kompetensiyalari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references