UMUMTA'LIM MAKTABLARI O'QUVCHILARIGA IQTISODIY BILIM ASOSLARI FANIDA "ISTE'MOLCHILARNING DAROMADLARI VA XARAJAT TURLARI" MAVZUSINI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada iste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari iqtisodiy tushunchasi zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan bo‘lib, mazkur mavzuni umumta’lim maktablarida o‘qitishning metodik va pedagogik asoslari keng yoritiladi. Tadqiqotda daromad va xarajatlarning klassifikatsiyasi, iste’molchi xatti-harakatining iqtisodiy mohiyati hamda ushbu jarayonni o‘rgatishda qo‘llaniladigan zamonaviy didaktik yondashuvlar tizimli o‘rganilgan. Mavzuni o‘qitishda raqamli texnologiyalar, interfaol metodlar, STEAM yondashuvi va keysli o‘qitishning samaradorligi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi. Maqolaning metodologiyasi nazariy tahlil, taqqoslash, tizimli yondashuv va pedagogik diagnostika elementlariga tayangan. Tadqiqot natijalari mavzuni o‘qitishda innovatsion vositalardan foydalanish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkur, moliyaviy savodxonlik va ratsional qaror qabul qilish kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Maqola yakunida iqtisodiy bilim asoslarining mazkur bo‘limini samarali o‘qitishga doir amaliy tavsiyalar berilgan.
Not yet translated