GLOBAL O'ZGARISHLAR SHAROITIDA TA'LIM TIZIMINING BOSHQARUV SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA RAQOBATBARDOSHLIKNI TA'MINLASH
Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini baholashning nazariy-metodologik asoslari tizimli tahlil qilingan. Ta’lim tashkilotlariga xos boshqaruv jarayonlari, samaradorlik mezonlari va indikatorlari ilmiy jihatdan asoslangan holda ochib berilgan. Muallif tomonidan boshqaruv samaradorligini kompleks o‘lchashga xizmat qiluvchi integrallashgan baholash modeli (IMB) taklif etilgan. Mazkur model strategik rejalashtirish, resurslarni boshqarish, ta’lim sifati monitoringi va innovatsion faoliyat samaradorligini muayyan mezonlar asosida baholash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari ta’lim tashkilotlari boshqaruv samaradorligini oshirish hamda raqobatbardoshligini ta’minlash uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Not yet translated