Skip to main content
Article

MAHALLIY ISTE'MOL BOZORLARIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING RAQOBATBARDOSHLIGINI OSHIRISH

Joʻrayeva Gulshirin SoatmurodovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, iqtisodiyot yoʻnalishi 2 kurs magistranti [email protected]Tuygʻunoy Mamadjanova AhmadjanovnaTermiz iqtisodiyot va servis universiteti, iqtisodiyot yoʻnalishi 2 kurs magistranti [email protected]
ABI

Abstract

Mazkur maqolada mahalliy iste'mol bozorlarida kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini oshirish masalalari zamonaviy iqtisodiy sharoitlar doirasida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda kichik biznesning hududiy bozorlar rivojidagi o‘rni, iste'molchilar talabining transformatsiyasi hamda raqobat muhiti dinamikasi o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi. Kichik biznes subyektlarining raqobatbardoshligini belgilovchi omillar – mahsulot sifati, narx siyosati, servis xizmatlari, marketing faolligi va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari – ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Maqolada mahalliy bozor sharoitida kichik biznes uchun innovatsion va tashkiliy strategiyalarni joriy etish orqali barqaror raqobat ustunliklarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari mahalliy iste'mol bozorlarida kichik biznes raqobatbardoshligini oshirish hududiy iqtisodiy rivojlanishning muhim omili ekanini tasdiqlaydi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references