"E-DARSLIK" PLATFORMASI: O'ZBEKISTON OLIY TA'LIMI UCHUN PDF VA VIDEO DARSLIKLARNI RAQAMLI INTEGRATSIYA QILISHNING METODIK VA TEXNOLOGIK ASOSLARI
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston oliy ta’limi uchun mo‘ljallangan “e-Darslik” raqamli platformasini yaratishning pedagogik va texnologik asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda davlat siyosati, xalqaro standartlar va zamonaviy e-learning nazariyalariga tayangan holda elektron darsliklarni PDF materiallari, videodarslar va interaktiv resurslar bilan integratsiyalashning metodik yondashuvlari asoslab berilgan. Mayerning multimedia o‘qitish prinsiplari, Andersonning onlayn ta’lim modeli, TPACK integratsiya konsepsiyasi hamda UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan elektron darsliklar talablari platforma modeli uchun metodik poydevor vazifasini bajardi. Natijalar OTMlarda raqamli o‘quv resurslarini yagona tizimga birlashtirish talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini kuchaytirishi, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishi va multimedia orqali o‘rganish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirishini ko‘rsatadi.
Not yet translated