Skip to main content
Article

KORXONA, MUASSASA VA TASHKILOTLARDA AXLOQ TUZATISH ISHLARI IJROSIDA MA'MURIYATNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI: ZAMONAVIY O'ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA ASOSIDA

ABI

Abstract

ANNOTATSIYA. Ushbu maqolada korxona, muassasa va tashkilotlarda axloq tuzatish ishlarining ijrosi jarayonida ma’muriyat zimmasiga yuklatilgan huquq va majburiyatlarning mazmun-mohiyati yoritilgan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlari, xususan, jazoni ijro etish tizimiga oid yangilangan normalar tahlil qilinib, axloq tuzatish ishlarining samaradorligini ta’minlashda ma’muriyatning nazorat, profilaktika, tarbiyaviy va tashkiliy funksiyalari ochib berilgan. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Yaponiya hamda boshqa rivojlangan davlatlar tajribasi o‘rganilib, xalqaro standartlar asosida ma’muriyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada axloq tuzatish ishlari ijrosida inson huquqlarini himoya qilish, shaffoflik, monitoring samaradorligini oshirish va ijtimoiy reabilitatsiyani kuchaytirish kabi ustuvor yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references