BUXGALTERIYA MA'LUMOTLAR BAZASINI HIMOYALASHDA KRIPTOGRAFIK USULLAR
Abstract
Maqolada buxgalteriya ma’lumotlar bazasini himoyalashda qo‘llaniladigan kriptografik usullar tahlil qilindi. Raqamli tizimlarning kengayishi bilan ma’lumotlarni ruxsatsiz o‘zgartirish, yo‘qotish yoki o‘g‘irlash kabi xavflar ortib borayotgani sababli shifrlash algoritmlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot davomida simmetrik (AES), assimetrik (RSA) shifrlash usullari hamda xesh funksiyalarining ma’lumotlarni himoyalashdagi samaradorligi baholandi. Natijalarga ko‘ra, kriptografik usullar ma’lumotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Maqola yakunida buxgalteriya tizimlarida eng optimal himoya yondashuvlari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Not yet translated