O'ZBEKISTON IQTISODIY O'SISH JARAYONIDA INFRATUZILMA TIZIMINING RIVOJLANISH OMILI SIFATIDAGI ROLI VA TA'SIRI
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish jarayonida infratuzilma tizimining rivojlanish omili sifatidagi roli va uning makroiqtisodiy hamda tarmoqlararo ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi milliy iqtisodiyotda barqaror o‘sishni ta’minlash, hududlararo iqtisodiy tafovutlarni qisqartirish va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishda transport, energetika, kommunikatsiya va logistika infratuzilmasining strategik ahamiyati bilan izohlanadi. Maqolada infratuzilma rivojlanishining investitsiya faolligi, mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikka ta’siri konseptual va amaliy jihatdan yoritib beriladi. Tadqiqot davomida infratuzilma loyihalarining iqtisodiy o‘sishga ko‘rsatayotgan ko‘pyo‘nalishli ta’siri, jumladan, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, bozorlararo integratsiyani kuchaytirish va iqtisodiy subyektlarning raqobatbardoshligini oshirishdagi o‘rni asoslab beriladi. Olingan natijalar infratuzilma tizimini kompleks rivojlantirish iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli manbai ekanligini ko‘rsatadi hamda davlat iqtisodiy siyosatini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi.
Not yet translated