O'QITUVCHI VA O'QUVCHI O'RTASIDAGI MULOQOT SIFATI: AN'ANAVIY VA MASOFAVIY TA'LIMDA TAQQOSLASH
Abstract
Ushbu maqolada an’anaviy va masofaviy ta’lim sharoitida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot sifatining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi turli ta’lim shakllarida muloqot jarayonining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va ularni taqqoslashdan iborat. Maqolada pedagogik muloqotning nazariy asoslari, masofaviy ta’limda dialog va interaktivlik masalalari hamda muloqot sifatiga ta’sir etuvchi omillar yoritilgan. Tadqiqot nazariy-tahliliy metodlarga asoslanib, xorijiy va milliy pedagogik adabiyotlar tahlili orqali olib borildi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, an’anaviy ta’limda bevosita muloqot ustunlik qilsa, masofaviy ta’limda muloqot sifati asosan pedagogik dizayn va texnologik vositalarga bog‘liq. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonida samarali muloqotni tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.
Not yet translated