Skip to main content
Article

O'QUVCHILARNI BAHOLASHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING ZAMONAVIY USULLARI.

ABI

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarni baholash jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish masalasi zamonaviy ta’lim talablari asosida tahlil qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimining raqamlashtirilishi an’anaviy baholash usullarini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Chunki mavjud baholash yondashuvlarida subyektivlik, vaqt sarfining ko‘pligi hamda o‘quvchining individual rivojlanishini to‘liq hisobga olmaslik kabi kamchiliklar uchraydi. Shu sababli maqolada raqamli baholash texnologiyalarining ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni yoritib beriladi. Ishda baholashning nazariy asoslari, summativ va formatif baholash tushunchalari ko‘rib chiqilib, onlayn testlar, elektron portfoliolar, learning analytics hamda sun’iy intellekt asosidagi baholash usullarining amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mualliflik yondashuvi sifatida baholash, refleksiya va adaptiv o‘qitishni o‘zaro bog‘lovchi adaptiv-reflektiv sun’iy intellekt modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari ushbu model o‘quvchilarning bilimini yanada xolis baholashga, ularning mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references