Zn2+ IONI ASOSIDA ARALASH LIGANDLI KOMPLEKS BIRIKMA SINTEZI
Abstract
natriy naftalen-1,5-disulfonat (Na₂NDS), 1,10-phenanthroline (phen) hamda rux nitrat Zn(NO3)2·6H2O ning suv-etanol aralashmasidagi reaksiyasi natijasida [Zn(fen)(H2O)4]∙1,5-NDS·H2O yoki Zn(C₁₂H₈N₂)C10H6O6S2(H₂O)5 tarkibli kompleks birikmasi hosil bo‘ldi. Ushbu tuz [Zn(fen)(H2O)4]²⁺ kompleks kationi, NDS²⁻ anioni hamda monogidrat suvdan iborat bo‘lib, bir molekula 1,10-phenanthroline bidentat holatda va 4 molekula suv ligandlar monodentat holatda mavjud. Ushbu aralash-ligandli kompleksning kristall panjarasida kation va anionlar zaryad yordamida mustahkamlangan molekulalararo N—H···O va O—H···O vodorod bog‘lari orqali uch o‘lchamli tarmoq tuzilishini hosil qiladi.