MAHALLIY KORXONA UCHUN BUXGALTERIYA MA'LUMOTLAR BAZASINI LOYIHALASH VA JORIY ETISH
Abstract
Maqolada mahalliy korxonalarda buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish maqsadida ma’lumotlar bazasini loyihalash va uni amaliyotga joriy etish bosqichlari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida korxonaning moliyaviy operatsiyalari, hisob-kitob jarayonlari va mavjud hujjat aylanishi tahlil qilinib, ular asosida funksional talablar belgilandi. Shuningdek, ma’lumotlar bazasining konseptual, mantiqiy va jismoniy modellari ishlab chiqildi hamda ularni yaratishda qo‘llanilgan texnologiyalar, normalizatsiya usullari va xavfsizlik choralari bayon etildi. Mazkur ishda ishlab chiqilgan ma’lumotlar bazasining joriy etilishi natijasida buxgalteriya hisobining aniqligi, tezkorligi va ishonchliligi oshgani, inson omili bilan bog‘liq xatoliklar kamaygani ilmiy-amaliy dalillar orqali ko‘rsatib berildi. Maqola mahalliy korxonalar uchun buxgalteriya jarayonlarini raqamlashtirishda samarali uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
Not yet translated