Skip to main content
Article

O'N IKKI BARMOQLI ICHAK YARA KASALLIGI RETSIDIVLARINI OLDINI OLISHDA SANATOR-KURORT REABILITATSIYA DASTURINING SAMARADORLIGI

Xidirova, Sadoqat Orzimurod qiziSamDTU 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 1-kurs magistrantiEgamqulov, Dostonjon Usmonqul o'g'liSamDTU 4-son Ichki kasalliklar kafedrasi 1-kurs magistrantiOqboyev, T.A.SamDTU
ABI

Abstract

O‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi (OIBIYK) yuqori retsidiv ko‘rsatkichlari bilan tavsiflanadi va bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi. Sanator-kurort reabilitatsiyasi ushbu kasallikning remissiya davrini mustahkamlash hamda retsidivlar sonini kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqola sanator-kurort sharoitida amalga oshiriladigan kompleks reabilitatsiya dasturining samaradorligini baholashga qaratilgan. Tadqiqot davomida mineral suv bilan davolash, dieta-terapiya, fizioterapevtik usullar, psixoemotsional korreksiya va hayot tarzi bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan kompleks dastur qo‘llanildi. Olingan natijalar sanator-kurort reabilitatsiyasi OIBIYK retsidivlarini sezilarli kamaytirishi, dispeptik simptomlarni yengillashtirishi va gastroduodenal muvozanatni tiklashga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references