REKREATSION TURIZM BOZORINING RIVOJLANISH YO'NALISHLARI VA MOLIYAVIY SALOHIYATI: O'ZBEKISTON MISOLIDA
Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida rekreatsion turizm bozorining rivojlanish yo‘nalishlari va moliyaviy salohiyati kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2017–2024- yillar davomida rekreatsion turizm infratuzilmasining tarkibiy o‘zgarishlari, muassasalar sonining dinamikasi hamda xizmatlar hajmining o‘sish tendensiyalari statistik ma’lumotlar asosida baholanadi. Shuningdek, rekreatsion turizm sohasining moliyaviy ko‘rsatkichlari, investitsiya oqimlari, YaIMdagi ulushi va eksport salohiyati tahlil qilinib, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarining samaradorligi yoritib beriladi. Mintaqaviy taqsimot va klaster yondashuvi asosida sohaning hududiy rivojlanish xususiyatlari ochib beriladi hamda Turkiya va Gruziya tajribasi bilan xalqaro taqqoslash amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda rekreatsion turizmni barqaror rivojlantirish, investitsion jozibadorligini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Not yet translated