Skip to main content
Article

NOCHIZIQLI TIZIMLAR DINAMIKASINI MODELLASHTIRISHDA RS TAHLIL ALGORITMIDAN FOYDALANISH

Shukurova, Oysara Pulatovnadotsent, t.f.f.d., (PhD), Qarshi davlat texnika universiteti, Qarshi, O'zbekiston
ABI

Abstract

Nochiziqli tizimlarni identifikatsiyalash berilgan ma’lumotlar asosida tizimning turli komponentlari orasidagi murakkab o‘zaro bog‘lanishlarni boshqaradigan matematik modelni olishga qaratiladi. Ko‘pgina muhandislik qo‘llanmalarida model parametrlarining qiymatlarini kerakli darajada aniqlashning iloji yo‘q. Ushbu maqolada murakkab nochiziqli tizimlarni neyron tarmoqlari asosida modellashtirish masalalari tahlil qilingan. Neyron tarmoqlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlaridagi olinayotgan natijalar, tarmoqlarda ko‘rinayotgan afzallik va kamchiliklar tomonlari keltirib o‘tilgan. Neyronlarga kirish va chiqish signallarining hisoblanish formulalari berilgan. Kirish ma’lumotlarini tahlil qilish va hisoblash uchun RS tahlili deb nomlangan usul algoritmi keltirilgan.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references