KRIPTOGRAFIYADA MATEMATIKA ELEMENTLARINING QO'LLANILISHI
Abstract
Diskret matematika zamonaviy kriptografiyaning nazariy asosini tashkil etuvchi eng muhim ilmiy yo'nalishlardan biridir. Tub sonlar nazariyasi, modulyar arifmetika, tugallangan maydonlar, kombinatorika, ehtimollar nazariyasi, graf strukturalari, panjara (lattice) nazariyasi, mantiqiy algebra va algoritmlar nazariyasi kabi diskret sohalar zamonaviy shifrlash algoritmlarining ichki mexanizmlarini shakllantiradi. Shifrlash jarayonida qo'llaniladigan har bir matematik amal - bu bitlar ustida bajariladigan chegaralangan, diskret arifmetikadan iborat bo'lib, aynan shu diskretlik kriptosistemalarning deterministik, ishonchli va xavfsiz bo'lishini ta'minlaydi. Ushbu maqolada kriptografiyaning turli yo'nalishlarida diskret matematikaning tutgan o'rni keng qamrovda tahlil qilinadi.
Not yet translated