Skip to main content
Article

TIBBIY BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA MOBIL ILOVALARDAN FOYDALANISH METODIKASI: DIZAYN, INTEGRATSIYA VA BAHOLASH

ABI

Abstract

Tibbiy biologiya fanida “murakkab tushunchalarni qisqa vaqt ichida aniq va esda qolarli o‘rgatish” muammosi dolzarb bo‘lib, talabalarning mustaqil o‘qishi, vizuallashtirish, tezkor qayta aloqa va takrorlashga asoslangan mashg‘ulotlar samaradorlikni oshiradi. Mazkur maqolada tibbiy biologiyani o‘qitishda mobil ilovalardan foydalanish bo‘yicha metodik yondashuv taklif qilinadi Metodika dizayn tamoyillari, ilova tanlash mezonlari (pedagogik moslik, offline rejim, til, xavfsizlik), dars ssenariylari va baholash ko‘rsatkichlari bilan bayon etiladi. Muhokamada mobil ta’limning tibbiy ta’limdagi natijadorligi bo‘yicha tizimli sharhlar hamda qabul qilinish omillari (Technology Acceptance Model) bilan metodika uyg‘unligi asoslanadi. Taklif etilgan yondashuv tibbiy biologiya bo‘yicha tushunish, eslab qolish va amaliy qo‘llash kompetensiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references