BANK TIZIMINI TRANSFORMATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION LOYIHALARNI MOLIYALASHTIRISH YO'LLARI
Abstract
Mazkur maqolada bank tizimini transformatsiyalash jarayonlarining investitsion loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlariga ta’siri kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida tijorat banklarining moliyaviy vositachilik faoliyati, ularning investitsion jarayonlardagi roli hamda moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, bank sektorida raqamli transformatsiya, risklarni boshqarishning zamonaviy standartlarini joriy etish, kapitallashuv darajasining oshishi va moliyaviy bozorlarni modernizatsiyalash sharoitida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning ustuvor yo‘nalishlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bank tizimi faoliyatini takomillashtirish hamda iqtisodiyotning barqaror va innovatsion rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan amaliy tavsiyalarni shakllantirish imkonini beradi.
Not yet translated