Skip to main content
Article

ATMOSFERANING CHEGARAVIY QATLAMIDA ZARARLI MODDALARNING TARQALISH JARAYONINING IKKI O'LCHOVLI NOCHIZIQLI MATEMATIK MODELI

Farrux MuradovMuhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali "Dasturiy injiniring" kafedrasi dotsenti, PhD, katta ilmiy xodimDilshod KarshiyevToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, "Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, biofizika va tibbiy informatika" kafedrasi dotsentiYo'ldosh IslamovToshkent Davlat Tibbiyot Universiteti, "Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya, biofizika va tibbiy informatika" kafedrasi dotsenti
ABI

Abstract

Jarayonlar va obyektlarni modellashtirish juda murakkab muammo bo'lib, uning nazariy asosi mavjud tabiiy qonuniyatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu qonunlarni va tadqiqot obyektlarining asosiy xususiyatlarini bilish va hisobga olish matematik modelni ishlab chiqishda ularni turli xil matematik shakllar va ifodalarda yanada to'g'ri tavsiflash imkonini beradi. Tadqiqot obyektiga ta'sir etuvchi muhim omillar va parametrlarni tanlash va ularni optimal boshqarish uchun sonli algoritmlar va ularning dasturiy ta'minotidan foydalanib, EHMda hisoblash tajribalari o'tkaziladi. Ilgari o'tkazilgan tadqiqotlar tahlili, shu jumladan boshqa mualliflar, atmosferada kichik o'lchamli zarrachalarning ko'chishi va diffuziyasi jarayoniga ta'sir qiluvchi muhim o'zgaruvchilardan biri zarrachalarning cho'kish tezligi ekanligini ko'rsatdi. Ushbu omil zararli moddalar konsentratsiyasining vaqt bo'yicha o'zgarishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Not yet translated

Topics

Identifiers

Citations and references

Cited by 00 references