OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DEPOZIT BOZORINING ZAMONAVIY HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI
Abstract
Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida bank depozit bozori faoliyatining hozirgi holati, uning shakllanish xususiyatlari hamda rivojlanish tendensiyalari har tomonlama tahlil qilinadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan moliyaviy islohotlar, bank tizimini liberallashtirish jarayonlari va aholi hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank omonatlariga boʻlgan ishonchi ortib borishi depozit bozorining barqaror rivojlanishiga muhim omil sifatida baholanadi. Maqolada depozit bozorining tarkibiy tuzilmasi, jumladan jismoniy va yuridik shaxslar depozitlarining hajmi, muddati va valyuta kesimidagi dinamikasi tahlil qilinadi. Shuningdek, depozitlar boʻyicha foiz stavkalari, banklar oʻrtasidagi raqobat muhitining kuchayishi, depozit mahsulotlarining diversifikatsiyasi hamda raqamli bank xizmatlarining joriy etilishi jarayonlari alohida oʻrganiladi. Tadqiqot davomida Oʻzbekiston bank sektorida depozit bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasi, pul-kredit siyosati, aholi daromadlari va moliyaviy savodxonlik darajasi chuqur tahlil qilinadi. Bundan tashqari, omonatlarni sugʻurtalash tizimi, depozitlarni himoyalash mexanizmlari va ularning bank tizimiga boʻlgan ishonchni oshirishdagi roli yoritib beriladi.
Not yet translated