KICHIK BIZNES EKSPORT SALOHIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING XORIJIY TAJRIBASI
Abstract
Kichik biznes subyektlarining eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash zamonaviy iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada kichik biznes eksport salohiyatini oshirishda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish orqali O‘zbekiston uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot imrad metodologiyasi asosida olib borilgan bo‘lib, Germaniya, Chili, Turkiya, Argentina va boshqa rivojlangan mamlakatlarning kichik biznesni eksportga yo‘naltirish dasturlari chuqur o‘rganilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, muvaffaqiyatli eksport qo‘llabquvvatlash tizimi bir nechta asosiy elementlarni o‘z ichiga olishi kerak: eksport agentliklarining xalqaro tarmoqlari, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, sertifikatlash xizmatlari va bozor tadqiqotlari. Maqolada O‘zbekiston kichik biznesi uchun xorijiy tajribalarni moslashtirishning aniq yo‘llari taqdim etilgan.
Not yet translated