BIZNESNI RIVOJLANTIRISHDA SAMARALI BANK VOSITACHILIGINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI
Abstract
Mazkur maqolada biznes subyektlarini, xususan kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishda bank vositachiligining ahamiyati va uning samaradorligini oshirish yo‘llari atroflicha tahlil qilingan. Hozirgi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida banklar nafaqat moliyaviy resurslarni jalb etuvchi va taqsimlovchi institutlar, balki iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiruvchi muhim vositachi sifatida maydonga chiqmoqda. Shu bois bank vositachiligi mexanizmlarini takomillashtirish biznes muhitini yaxshilash va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Maqolada bank vositachiligining nazariy asoslari, uning iqtisodiy tizimdagi o‘rni va funksiyalari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Tijorat banklarining kreditlash, depozitlar jalb etish, hisob-kitob va to‘lov xizmatlari, investitsion vositachilik hamda konsalting faoliyati orqali biznesni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, bank vositachiligining samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar — moliyaviy resurslar yetarliligi, foiz siyosati, risklarni boshqarish tizimi, bank xizmatlari sifati va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Not yet translated