TARMOQ XAVFSIZLIGI. XAVFSIZ ALOQA XUSUSIYATLARI
Abstract
Maqola tarmoq xavfsizligi va xavfsiz aloqa xususiyatlarini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida tarmoq xavfsizligini baholash metodlari, xavfsiz aloqa protokollari va kriptografik texnologiyalar tahlil qilindi. Natijalar ma’lumotlarning maxfiyligi, butunligi, autentifikatsiyasi va inkor etish qiyinligini ta’minlashda samarali yondashuvlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqot shuningdek, tarmoq monitoringi, xavfsizlik auditlari va autentifikatsiya mexanizmlarini birgalikda qo‘llash orqali real tizimlarda tahdidlarga qarshi kompleks himoya tizimini yaratish mumkinligini tasdiqladi. Maqolada kelajakda tarmoq xavfsizligini oshirish uchun sun’iy intellekt, ilg‘or shifrlash algoritmlari va avtomatlashtirilgan xavfsizlik tizimlaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Not yet translated