SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA KIBERHUJUMLARNI ANIQLASH VA OLDINI OLISH
Abstract
Kiberxavfsizlikning zamonaviy dunyodagi ahamiyati ortib borishi bilan kiberhujumlarni aniqlash va oldini olish samarali usullarini ishlab chiqish muhim bo‘lmoqda. Sun’iy intellekt (SI) va mashina o‘rganish (MO) texnologiyalari tarmoq trafigi, foydalanuvchi xatti-harakatlari va tizim loglaridagi anomaliyalarni aniqlashda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi. Eksperiment natijalari SI asosidagi tizimlarning DDoS, phishing va malware kabi hujumlarni yuqori aniqlik bilan aniqlay olishini ko‘rsatadi, bu esa tizim barqarorligi va ma’lumotlar xavfsizligini sezilarli darajada oshiradi. Shu bilan birga, tizimning samaradorligini oshirish uchun kelajakda algoritmlarni optimallashtirish va turli hujum ssenariylarini ilg‘or tahlil qilish muhimligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari SI va MO texnologiyalarining kiberxavfsizlik sohasida samarali himoya choralarini ishlab chiqishdagi dolzarbligini tasdiqlaydi.
Not yet translated